2020-yilda “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlarga 12 ming tonna koʻmir yoʻlkira haqisiz yetkazildi

    Energetika 7 Yanvar 2021 539

    Bu haqda AOKAda oʻtgan brifingda Energetika vazirligi shtab boshligʻi oʻrinbosari Akmal Eshonqulov maʼlum qildi.

    Shuningdek, 20 ta nogiron va boquvchisini yoʻqotgan oilaga 20 dona gaz plita, 16 tonna koʻmir homiylik asosida yetkazib berilgan;

    Vazirlik shtabi tashabbusi bilan 130 km yangi gaz tarmoqlari qurildi va taʼmirlandi. Natijada 32 ming xonadonda tabiiy gaz taʼminotidagi muammo bartaraf etildi.

    Deputatlar talabi asosida rejadan tashqari qoʻshimcha 16 ta yangi transformator punktlari oʻrnatilishi natijasida 1400 ta xonadonning elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.

    Joylardagi uchrashuvlarda deputat va mahallalar raislari tomonidan 152 ta masala koʻtarilgan, shundan 101 tasi joyida hal etildi, 51 ta masalani 2021-yil dasturiga kiritish boʻyicha topshiriq berildi va nazoratga olindi.