2021-yil uchun tayanch doktorantlar oʻrtasidagi Prezident stipendiyasi gʻoliblari aniqlandi

    Ta'lim 3 Fevral 2021 3983

    Hukumatning 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qarori hamda vazirlik Hayʼatining qaroriga muvofiq, 2021-yil uchun tayanch doktorantlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

    Tayanch doktorantlar oʻrtasida 4 ta yoʻnalishda gʻoliblar nomi maʼlum boʻldi:

    Farangiz Zaynobiddinova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq yoʻnalishi;

    Ilhom Abdurahmonov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Qishloq va suv xoʻjaligi yoʻnalishi;

    Iroda Shermatova, Toshkent farmatsevtika instituti – sogʻliqni saqlash, sport va ekologiya yoʻnalishi;

    Alisher Berdiyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yoʻnalishi.

    Shuningdek, ayni kunlarda bakalavr va magistrlar oʻrtasida ham Prezident davlat stipendiyasiga talabgorlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilmoqda.