Brifingda ma'lum qilinishicha,2021-yilning 9 oyida Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq murojaatlari o'rganilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgiga qaraganda ikki barobarga ko'p. Eng ko'p murojaat —Toshkent shahridan. Ko'rib chiqilgan murojaatlarning deyarli 3 mingtasi qanoatlantirildi, qolganlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Biznes-ombudsman tomonidan 2021-yilning 9 oyida tadbirkorlar manfaatida sudlarga 28 milliard so'mlik da'vo arizalar kiritildi. Joriy yil ma'muriy javobgarlikka tortilganlar soni keskin ko'paygan va o'tgan yilga nisbatan 740 nafarga oshgan.