2021-yilda Chuqursoy logistika markazi konteyner poyezdlarini joʻnatish boʻyicha rekord oʻrnatdi

    Transport 20 Yanvar 2022 1180

    2021-yilda Chuqursoy logistika markazidan joʻnatilgan konteyner poyezdlari soni 415 tani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 38% yoki 113 taga koʻp.

    Konteyner poyezdlarining 243 tasi Chuqursoy-Oltinkoʻl, 112 tasi Chuqursoy-Naxodka, 54 tasi Chuqursoy-Vladivostok yoʻnalishlarida joʻnatilgan.

    Bundan tashqari oʻtgan yilda yangi yoʻnalishlar boʻyicha Qozogʻistonning Kustanay, Oskemen-1 va Atbasar stansiyalariga ham 6 ta konteyner poyezdi joʻnatilgan, deya xabar tarqatdi Oʻztemiryoʻlkonteyner» AJning rasmiy Telegram kanali.