Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar ortilgan tarkib Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Qashqar shahriga yetib borgach, konteynerlar yuk mashinalariga oʻtkaziladi va “Irkeshtom” nazorat-oʻtkazish manzili orqali Xitoydan chiqib ketadi. Soʻngra Oʻzbekiston poytaxti Toshkentga yetkaziladi.
Soʻnggi yillarda Xubey va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi bosqichma-bosqich oshgan. Joriy yil aprel oyida Uxandan Markaziy Osiyoga yuk poyezdi muntazam yoʻnalishga kiritilib, oyiga 440 tagacha standart konteyner va 7500 tonnadan koʻp yuk tashish imkoni yaratildi.
Ayni payt manfaatdor tomonlar transport tartib-qoidasini osonlashtirish, logistika tarmogʻini kengaytirish va yuqori samarador xalqaro yoʻlaklar yaratish boʻyicha kelgusi hamkorlik salohiyatini ham oʻrganmoqda.








