2021-yilda atmosfera tarkibidagi issiqxona gazlar miqdori, okean suvi harorati, okean sathining koʻtarilishi, ishqorligi koʻrsatgichlari, umuman olganda barchasi rekord koʻrsatgichni taqdim etdi
Bularning hammasi kelgusida insoniy omillar Yer, atmosfera, okean oʻrtasidagi tarixiy barqaror muvozanatni buzilishiga olib keluvchi asosiy belgi. Oʻtgan yili okeanning 2000 metrgacha boʻlgan tubi ham haddan tashqari yuqori qizib ketdi.
BMT bosh kotibiga koʻra, agar, atmosferaga tashlanayotgan chiqindi gazlarini yoʻqotish boʻyicha mukammal vositalar ixtiro qilinmas ekan, okean sathining koʻtarilishi, uning harorati va ishqorligi boʻyicha qiymatlar kelgusi 100 yil davomida qaytarib boʻlmas darajada oshib boraveradi. Shu bilan birga, bosh kotib oʻz hisobotida qayta tiklanadigan yashil texnologik energetik manbalarga tezroq oʻtish kerakligini yana bir bor taʼkidlab oʻtdi.
Maʼlumot oʻrnida: Okean suvining issiqligi — bu global iqlim isishini tezlashtiraveradi. Okean sathining koʻtarilishi esa, endilikdagi tropik toʻfonlardan koʻriladigan zarar koʻlamini koʻpayishiga olib keladi.
Muzlarning erishi qaytarilmas nuqtaga borishi mumkin. Koʻplab mintaqada istiqomad qiluvchi 2 mlrd ga yaqin kishilar esa suv tanqisligi kabi muammolarga duch keladi. Bu haqida Meteorologiya xizmati xabar bermoqda.