2021/2022 oʻquv yili uchun Prezident maktablariga jami 1632 nafar oʻquvchini qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.

Pandemiya sabab 2020/2021 oʻquv yili uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablariga oʻquvchilar qabuli qoldirilgan edi.

Navbatdagi 2021/2022 oʻquv yilida esa ushbu maktablarning 5−6 sinflariga 24 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Prezident maktablariga respublika umumtaʼlim muassasalarining toʻrtinchi (birinchi oʻquv yilida — toʻrtinchi — toʻqqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari:

  • matematika;
  • biologiya (tabiatshunoslik);
  • informatika va axborot texnologiyalari;
  • fizika;
  • algebra;
  • geometriya;
  • kimyo boʻyicha aʼlo bahoga tugatgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabrda parlamentga yoʻllagan murojaatnomasida 2021-yilda jami 10 ta Prezident maktabi bunyod etilishini taʼkidlangan edi.

 

Avvalroq, Andijon viloyatidagi Prezident maktabi shahar hokimiyati va “Andijonnoma” tahririyati oʻrnida qurilishi aytilgan edi.