— O'tgan yil mamlakatimiz bo'yicha “Tez yordam”ga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoitjon Gafurov. - Natijada har 1 000 nafar aholiga o'rtacha 366 ta murojaat to'g'ri keldi. SHundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.
Eng ko'p murojaatlar:
Farg'ona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz),
Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz),
Toshkent shahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz),
Toshkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz),
Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) qayd etilgan.
Taqqoslash uchun aytsak, 2021 yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.