Masalan, 2022-yilning 9 oyida 12,5 mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan, ularning soni 55 mingtaga yetgan, ularda 32 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.
2023-yilda mahallalarda 15 ta “Obod mahalla” markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
5,2 ming tonna parranda goʻshti, 450 tonna baliq goʻshti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish moʻljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish koʻzda tutilgan.
Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif burgan. “Sahrodan-muzlikkacha” turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.