Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, 12 oy ichida tropik o'rmonlar 41 000 kvadrat kilometrga qisqardi. Bu hudud Shveysariya yoki Niderlandiyadan kattaroqdir.

Ekologlarning so'zlariga ko'ra, har besh soniyada futbol maydoniga teng daraxtzorlar qisqargan.

Qisqarish darajasi avvalgi yilga nisbatan 10 foizga yuqori. Yo'qotishlarning katta qismi Braziliya (43 foiz), Kongo Demokratik Respublikasi (13 foiz), Boliviya – (8 foiz) ga to'g'ri keldi. 2022-yil asosiy o'rmonlar uchun so'nggi yigirma yil ichidagi to'rtinchi eng halokatli yil bo'ldi.

O'rmonlarning kesilishi atmosferaga 2,7 milliard metrik tonna karbonat angidrid chiqarilishiga olib keldi.

Mutaxassislar daraxtlar kesilishining davom etishi oqibatida Amazonka havzasidagi o'rmonlar savannaga aylanishidan xavotirga tushishmoqda. Bu nafaqat Janubiy Amerikada, balki butun dunyoda ob-havoga ta'sir qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.