Qayd etilishicha, 2022-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Fargʻona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt boʻlgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalari hamda Qoraqalpogʻistonda umumiy quvvati 1 700 MVt boʻlgan 2 ta shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 2023-yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt boʻlgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt boʻlgan 4 ta shamol elektr stansiyalari “yashil” energiya ishlab chiqarishni boshlaydi.