022-yili Oʻzbekiston dunyoning 11 mamlakatidan 5,5 million AQSH dollari miqdoridagi 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 398 tonnaga oshgan.

Mamlakatimiz muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini Rossiyadan (735 tonna), Qozogʻistondan (369 tonna), Fransiyadan (36 tonna), Belarusdan (32 tonna), Litvadan (29 tonna), Italiya (200 kilogramm) va Gollandiyadan (100 kilogramm) xarid qildi.