2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 39,9 mlrd. kVt.soat oʻrniga 41,2 mlrd. kVt.soatni tashkil etib, reja koʻrsatkichi 103,1 foizga bajarildi.
Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hajmi 3,5 mln. gkall oʻrniga 3,7 mln. gkall tashkil etib, reja koʻrsatkichi 103,4 foizga bajarildi. Bu bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 13,2 trln. soʻmni tashkil etib, reja koʻrsatkichi 104,8 foizni tashkil qildi.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida investitsiya dasturiga asosan 5 ta yirik loyihalar doirasida 57,9 mln. dollar mablagʻ oʻzlashtirilib, reja koʻrsatkichi 112,6 foizni tashkil etdi. Mahalliylashtirish loyihalari doirasida, 23,8 mlrd.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja koʻrsatkichi 128,6 foizga bajarilishi taʼminlandi.
Import hajmi 13,3 mln.dollarga qisqartirilib, reja koʻrsatkichi 109,8 foizga bajarildi.Ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 796,4 mlrd.soʻmga pasaytirildi, bunda reja koʻrsatkichi 100,3 foizga bajarilishi taʼminlandi.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 31,7 mlrd. kvt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.