Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining quyidagi 14 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
— Matematika va informatika
— Fizika va astronomiya
— Kimyo
— Biologiya
— Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
— Oʻzbek tili va adabiyoti
— Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
— Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili
— Oʻzga tilli guruhlarda rus tili
— Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)
— Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
— Maktab menejmenti
— Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (tillar boʻyicha)
— Maxsus pedagogika (faoliyat turlari boʻyicha)
Yuqoridagi koʻrsatilmagan pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Bunda, pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagida boʻlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.








