Ushbu tendensiya 2023-yilda kutilganidek davom etdi. O'tgan yili dengiz sathining tez pasayishi sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlarda yaqqol ko'rinib turibdi.
Kaspiy dengizi gidrometeorologiyasini muvofiqlashtirish qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning iyun oyida mavsumiy o'zgarishlarning eng yuqori cho'qqisida dengiz sathi – 28,82 metrgacha pasaydi, bu 2022-yilning shu davri darajasidan 26 santimetrga pastdir.
So'nggi uch yil ichida pasayish sur'atining o'sishining asosiy sababi – Kaspiy dengiziga quyiladigan umumiy daryo oqimining qariyb 85 foizini tashkil etadigan Volga daryosining past oqimi.
2023-yilning 9 oyi davomida Volga oqimining hajmi atigi 172 kub kilometrni tashkil etdi, bu deyarli suv kam bo'lgan 2022-yil (173 kub kilometr) darajasida.
Agar sun'iy yo'ldosh tasvirlariga qaralsa, masalan, Ufra yarim orolining janubiy uchida, atigi bir yil ichida qirg'oq chizig'i deyarli 700 metrga orqaga siljiganini ko'rish mumkin.
Krasnovodsk ko'rfazining eng sayoz, shimoli-sharqiy qismidagi ba'zi joylarda qirg'oq chizig'i atigi 1 yil ichida birdaniga uch kilometrdan ko'proqqa siljidi, deb xabar beradi meteojurnal.ru.