Turizm qoʻmitasi 2024-yil 1-10-yanvar oʻquv taʼtili kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” oʻtkazilishini maʼlum qildi.
Shuningdek, qoʻmita haftalik doirasida 7 yoshdan dan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlarini tavsiya qildi.
Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yoʻl va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalar beriladi, muzey va madaniy meros obyektlariga kirish esa mutlaqo bepul boʻladi.