Talabalar uchun aviachiptalarga chegirma eʼlon qilindi

    Uzbekistan Airways oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari va oʻquvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50 foizgacha chegirmalar eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, chegirma davlat taʼlim muassasasida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi.

    Bunday maʼlumotnomani quyidagi usullar bilan olish mumkin ekan:

    • YIDXP orqali onlayn;
    • taʼlim muassasasida;
    • yoki “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMning elektron tasdiqnomasi shaklida.

    Chegirmada sotib olingan chiptalar 26-dekabrdan 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.