Bu haqda dunyoning eng yirik qayta sug'urtalash kompaniyasi Munich Re sharhida aytiladi.
Sug'urtalangan zarar hajmi qariyb 140 milliard dollarni tashkil etdi – bu 2017-yildan beri, ya'ni Amerika Qo'shma Shtatlarni birdaniga uchta yirik to'fon – “Xarvi”, “Irma” va “Mariya” yopirilganidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir.
Sug'urtalangan zararlarning umumiy zarar hajmidagi ulushi qariyb 44 foizni tashkil etib, uzoq muddat uchun o'rtacha ko'rsatkichdan 30 foizga oshdi.
2024-yilda global yo'qotishlarning uchdan ikki qismi – 190 milliard dollarga – Shimoliy Amerika, shuningdek, Markaziy Amerika va Karib havzasidagi tabiiy ofatlar sabab bo'lgan. Bunga, xususan, Floridani ikki haftalik farq bilan yopirilgan “Milton” va “Helen” to'fonlari sabab bo'ldi.
Bundan tashqari, sentabr oyida Xitoy va Vyetnam qirg'oqlarida sodir bo'lgan “Yagi” to'foni jiddiy tus oldi. Undan ko'rilgan iqtisodiy zarar 14 milliard dollarga baholanmoqda, sug'urtalangan zararlar miqdori esa atigi 1,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Munich Re ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilda tabiiy ofatlar oqibatida jami 11 000 ga yaqin odam halok bo'ladi – bu so'nggi 10 yildagi o'rtacha ko'rsatkichdan (17 500) kamroq, deb xabar beradi report.az.