баннер
18 Fev 2025
11:48

    2024-yilda topilgan asteroid Yer bilan to'qnashishi mumkin

    2024-yilda topilgan asteroid Yerga qulab tushishi mumkin. 2024 YR4 ning sayyoramiz bilan to'qnashuv ehtimoli 1:83 deb taxmin qilinmoqda.

    Falokat 2032-yilda sodir bo'lishi mumkin.

    Asteroidning kengligi 60 metrga baholanmoqda. Hozirda u bizdan taxminan 43 million kilometr uzoqlikda joylashgan.

    Yerga yaqin obyektlarni o'rganish markazi (NASA) hisob-kitoblariga ko'ra, asteroid 2032-yilning 22-dekabrida Yerga juda yaqin masofada yaqinlashadi. U sayyoramizdan 106 200 kilometr uzoqlikda uchadi. Ammo orbitaning noaniqligini hisobga olsak, bunday yaqinlashish uning Yer bilan to'g'ridan-to'g'ri to'qnashib ketishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda atmosfera portlashi (havo portlashi) yoki katta krater hosil bo'lishi mumkin.

    2024 YR4 asteroidi NASAning eng xavfli fazoviy jismlar ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarildi. To'qnashuv koeffitsiyenti 1:83, bu tarixdagi eng yuqori koeffitsiyentlardan biridir.

    2024 YR4 asteroidi ATLAS loyihasi doirasida kashf etilgan. Olimlar uning tushishi mumkin bo'lgan zonani hisoblab chiqishdi – bu Janubiy Amerikadan Atlantika bo'ylab Janubiy Afrikaga o'tadigan “koridor”.

    Obyekt hajmini Tunguska meteoriti bilan solishtirish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech