Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Loyihada aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab «Toza qoʻllar» dasturi amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Dastur quyidagilarni tutadi:

a) barcha sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalarida:

  • qoʻl yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
  • sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
  • yil davomida birinchi navbatda qoʻl yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;

b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash majburiyati kiritiali.

2025-yil davomida byudjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur boʻlgan hollarda qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi.