2025-yilda 1 mln aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi

    Kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga jami 46,5 trillion soʻm mablagʻ sarflanadi.

    Bu yil Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, Gʻijduvon tumanlarida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy natijalari asosida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” kompleks dasturi qabul qilingan edi. Endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi.

    2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.

    Shu maqsadda kambagʻal oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard soʻm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

    Kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga jami 46,5 trillion soʻm mablagʻ sarflanadi.

    Hukumat 2030-yilgacha ishsizlikni xalqaro eʼtirof etilgan daraja – 5-6 foizdan oshirmaslik boʻyicha dolzarb vazifalarni ham samarali hal etishi lozimligi taʼkidlandi.