Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 6,1 foizga oshgan.
Mazkur davrda metropolitendan bir kunda oʻrtacha 785,6 ming nafar yoʻlovchi foydalangan.
Ushbu koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yil — 38,8 mln;
- 2021-yil — 101,8 mln;
- 2022-yil — 136,7 mln;
- 2023-yil — 172 mln;
- 2024-yil — 270,3 mln;
- 2025-yil — 286,8 mln.