Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.

Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 6,1 foizga oshgan.

Mazkur davrda metropolitendan bir kunda oʻrtacha 785,6 ming nafar yoʻlovchi foydalangan.

Ushbu koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha:

  • 2020-yil — 38,8 mln;
  • 2021-yil — 101,8 mln;
  • 2022-yil — 136,7 mln;
  • 2023-yil — 172 mln;
  • 2024-yil — 270,3 mln;
  • 2025-yil — 286,8 mln.