Uning salbiy oqibatlariga qarshi har bir inson yakka holda va ayni paytda birgalashib kurashish shart ekanligiga amin bo'ldi dunyo ahli.

Avvalo... Iqlim o'zgarishi deganda nimani tasavvur qilasiz?

Ma'lum bir hududda uning geografik joylashuviga ko'ra o'sha yerga xos ob-havo sharoiti va harorat darajasi keskin o'zgarishining uzoq muddat saqlanib qolishi — iqlim o'zgarishini anglatadi. So'nggi 150 yil davomida Yerdagi iqlim ancha o'zgarib ketganining asosiy sababini mutaxassislar insonlar faoliyati deb baholashmoqda.

Xususan, qazib olinadigan yoqilg'ilar – ko'mir, gaz va neftning yoqilishi tabiatga juda katta zarar yetkazmoqda.  Shuning orqasidan yuzaga kelayotgan issiqxona gazlari esa Yer sayyorasini bamisoli odeyal kabi o'rab, quyoshdan kelayotgan issiqlikni tutib qolmoqda va havo harorati yil sayin ko'tarilib borayotir.

Uglerod ikki oksidi va metan chiqindilari – bu, avtomobillarda yonilg'i, sanoatda va binolarni istish uchun ko'mir yoqilishi natijasidir. Uning ustiga o'rmonlar to'xtovsiz kesilib, dala joydagi o't-o'lanlar tobora ko'p yo'q qilinayapti. Bugun iqlim o'zgarishi bilan kurashish katta moliyaviy mablag' talab etadi, ammo umuman harakat qilmaslik bundan ham qimmatga tushishi mumkin.

Yer sayyorasida iqlim o'zgarishining bugungi belgilari   

1. Global harorat ko'tarilishi

2011 – 2020-yillar oralig'i eng issiq davr bo'ldi. Janub emas, butun dunyo mintaqalarida jazirama kunlar soni oshib ketdi. Kasalliklar ko'paydi, ochiq havoda ishlash qiyinlashib borayapti, tabbiy yong'in yuzaga kelishi oshgan.

2. Dovul, po'rtanalar kuchayishi 

Qirg'oq bo'ylarida joylashgan mamlakatlarda kuchli dovul ko'tarilishi kuchaydi. Harorat ko'tarilishi va namlik bug'lanishi oshishi sababli  tez-tez jala va suv toshqinlari yuzaga kelayapti.

3. Tuproq qurg'oqchilikdan zararlanmoqda

Iqlim o'zgarishidan Yer yuzida ichimlik suv tanqisligi ortib bormoqda. Qurg'oqchilik hosil olish va ekologik tizimga tobora salbiy ta'sir ko'rsatayapti. Yer yuzida cho'l maydonlar yil sayin kengayib borayapti.

4. Dunyo okeanlari sathi ko'tarilishi

Okeanlarning issiqlikni yutish faolligi kuchayib global isish kuchaygan. Oxirgi 20 yilda okeanlar isishi yanada ortgan va unig miqdori ko'payib bormoqda. Okeanlar sathining ko'payishi Arktika va Atlantika muzliklari erishini tezlashtirmoqda.

Mutaxassislar esa uglerod tashlanmalarini, elektr energiyasidan foydalanishni kamaytirish, quyosh energiyasiga o'tish, suvdan oqilona foydalanish kabi choralarga e'tiborsiz bo'lmaslikka chaqirmoqda. Bunday choralar har bir oilada, har bir inson hayoti va ish faoliyatida qo'llanmog'i shartligini ta'kidlashdan charchamayapti. Shu orqali keyingi avlodga ko'proq imkoniyat qoldiramiz. Zotan, inson hayoti tabiat jarayonlari kechishi tezligidan kamroqdir, deb yozadi kp.ru.