Ushbu Qonunning maqsadi 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunga koʻra, 1-darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablagʻlaridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

2026-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;
  • chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlarning stavkalari.

2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.

Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.