Bu boʻyicha Prezidentning “Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–397-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026 moliya yilida:

  • Davlat byudjeti daromadlari boʻyicha choraklik prognoz koʻrsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
  • prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunida tuman va shaharlarning byudjet daromadlari boʻyicha daromad manbalari hamda choraklar kesimidagi prognoz koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tasdiqlanadi;
  • yuqorida belgilangan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda kiritilishi mumkin.