Hujjatda yoʻllarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash va ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Qaror loyihasiga koʻra:
- ochiq konlarda (karyerlarda) ishlovchi oʻziagʻdaruvchi yuk avtomobillari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
- umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan “N3” va “O4” toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karyer) ishlovchi oʻzi agʻdaruvchi yuk avtomobillari, shuningdek, “antikvar” avtomobillar uchun alohida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etilishi;
- ishlab chiqarilganligiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat roʻyxatidan chiqarilishi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno) belgilanmoqda.
Shuningdek, loyihada har yili mart oyida “Eng namunali yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlangan hudud” koʻrik-tanlovini, makta oʻquvchilari (jumladan, mahalla yoshlari) oʻrtasida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi “Yashil chiroq” musobaqalarini uch bosqichda oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.








