2026 yilga qadar umumiy quvvati 4 633 MVt boʻlgan 3 ta yirik IES ishga tushiriladi

    Energetika 16 Fevral 2023 2249

    2022-yilda yurtimizda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar asosida umumiy quvvati 1 374 MVt boʻlgan 6 ta IES ishga tushirildi.

    Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida umumiy quvvati 4 633 MVt boʻlgan uchta loyiha qurilishi davom etyapti.

    Xususan:

    - 2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

    - 2026-yil yakuniga qadar Angor tumanida Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “YEDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan quvvati 1 560 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

    - 2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1 573 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

    Maʼlumot uchun: soʻnggi 4 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar asosida jami quvvati 6 007 MVt boʻlgan 9 ta issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha xalqaro kompaniyalar bilan bitimlar imzolandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.