Mavsum doirasida jarayonlar bir necha bosqichda tashkil etiladi.
Xususan:
- 1–20-fevral kunlari fuqarolar tomonidan loyihalar kiritiladi.
- 21-fevraldan 7-martgacha taqdim etilgan loyihalar saralash bosqichidan oʻtkaziladi.
- 8–10-mart kunlari targʻibot ishlari olib boriladi,
- 11–20-mart kunlari esa ovoz berish jarayoni amalga oshiriladi.
Shuningdek, 21–31-mart kunlari qoʻshimcha gʻoliblar eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, anʼanaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra gʻolib loyihalar 21-mart — Navroʻz bayrami kuni eʼlon qilinadi.