2028-yilgi Olimpiada taqvimi eʼlon qilindi

    Sport 16 Iyul 2025 730

    Los-Anjelesda oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari rasman 2028-yil 14-30-iyul kunlariga belgilangan, biroq sport turlari boʻyicha musobaqalar 12-iyuldayoq boshlanib ketadi.

    Dastlabki ikki kun futbol, regbi-7, chim ustida xokkey, gandbol, suv polosi va kriket boʻyicha oʻyinlar start oladi.

    14-iyul kuni ochilish marosimi bir vaqtda ikki arena – “Los Angeles” Memorial Coliseum” va “SoFi Stadium”da boʻlib oʻtadi.

    15-iyul kuni medallar taqsimlana boshlaydi. Birinchi oltin medal triatlonda beriladi. 29-iyul ulkan anjumanning voqealarga eng boy kuni: taxminan 35 sport turida finallar rejalashtirilgan.

    30-iyul kuni musobaqaning yopilish marosimi, shuningdek basketbol, gandbol, suv polosi va boshqa jamoaviy sport turlari boʻyicha hal qiluvchi bahslar tashkil etiladi.

    Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi toʻliq jadval bilan rasmiy veb-saytda tanishish mumkinligini maʼlum qilgan. Sahifada 32 sport turi, jumladan musobaqa joyi, saralash bosqichi va final kunlari koʻrsatilgan.