Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) boshqaruv kengashi 2028-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida oʻtkaziladigan XVIII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining musobaqalar dasturi va para sportchilar uchun qancha miqdorda yoʻllanmalar ajratilishi boʻyicha maʼlumotnomani Milliy Paralimpiya qoʻmitalari eʼtiboriga taqdim qildi.
Sport turlarining yangilangan roʻyxatiga koʻra, Los-Anjeles-2028 Paralimpiya oʻyinlarida para qoyani zabt etish sporti boʻyicha ilk bor musobaqalar oʻtkaziladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu safargi oʻyinlarda ayol sportchilar ishtirok etadigan dasturlar soni yanada koʻpaytirildi.
Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 267 ta, ayollar oʻrtasida 247 ta, aralash jamoaviy yoʻnalishda 46 ta, jami 560 ta dasturda medallar oʻynaladi.
Dasturlar soni Parij-2024 yozgi Paralimpiadasiga nisbatan 11 ta koʻp ekanini ham taʼkidlash lozim.








