Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga kompleks tayyorlanadi

    Sport 9 Iyul 2025 1079

    “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi.

    Quyidagilar Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi.

    Jumladan:

    • sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, ogʻir atletika turlari boʻyicha medallar sonini oshirish;
    • sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritish;
    • xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

    Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

    Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari roʻyxati har 4-yilda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.