«Mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinda qayd qilindi. Bu natija mamlakatimizning reytingdagi oʻtgan yilgi oʻrnidan 7, 2015-yilgi oʻrnidan esa 36 pogʻona yuqori.

Reytingda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga boʻlingan (yuqori daromad, yuqori oʻrta, quyi oʻrta va past daromad) boʻlib, Oʻzbekiston oʻz guruhida (quyi oʻrta daromad) 34 davlat orasida 10-oʻrinni egalladi.

Yurtimiz shu guruh mamlakatlari orasida “Boshqaruv institutlari sifati” (94-oʻrin), “Inson kapitali va tadqiqotlar” (72-oʻrin), “Infratuzilma” (72-oʻrin), va “Ichki bozorning rivojlanish darajasi” (24-oʻrin) yoʻnalishlarida yetakchi oʻrinlarni egalladi».