Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Buyuk Britaniya va Irlandiya 2030-yilgi jahon chempionatini birgalikda qabul qilishni rejalashtirayotganini aytib oʻtdi. Bu tashabbusni Angliya, Uels, Shotlandiya Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi futbol assotsiatsiyalari qoʻllab-quvvatlagan.

“Futbol uyiga qaytadi. Jahon chempionatiga mezbonlik qilish mamlakatlarimizga sezilarli foyda keltirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, – dedi Jonson.

Eslatib oʻtamiz: 2030-yilgi chempionatni oʻtkazish uchun buyurtmalar berish 2022-yilda boshlanadi.