Tadqiqotchilar 2020-yildan 2050-yilgacha insultdan vafot etadiganlar soni 6,6 milliondan 9,7 million kishigacha ko'payishini bashorat qilishgan. So'nggi 30 yil ichida miyada qon aylanishining buzilishidan aziyat chekkanlarning umumiy soni (insult tufayli muddatidan oldin vafot etgan yoki undan keyin nogiron bo'lib qolgan bemorlar soni) deyarli ikki baravar ko'paydi. Kasalliklarning 86 foizdan ortig'i past va o'rta daromadli mamlakatlarda sodir bo'lgan.
Insult xavfini monitoring qilish va baholash uchun asos yaratish, serebrovaskulyar kasalliklar xavfi yuqori bo'lgan odamlar uchun dasturlarni ishlab chiqish, insultning o'tkir holatlarida yordam ko'rsatish bo'yicha xizmatlarni rejalashtirish va ko'rsatish profilaktik chora sifatida tavsiya etiladi, deb xabar beradi lenta.ru.