“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 21-23 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.