Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajapov, Respublika Bolalar kutubxonasi direktori Doniyor Oʻrolov, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, shahar va tumanlar xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, maktab kutubxonachilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida viloyatdagi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Kitoblar karvoni” doirasida Namangandagi 710 ta umumtaʼlim maktabiga 21 ming dona badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.
83 million soʻmlik vaucherni topshirgan vazir oʻrinbosari Vahobjon Rajapov ushbu maʼnaviy boylik ertangi kunimiz egalarining kamoloti va tafakkuri yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidladi.