Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan MFYlarga kitoblar yetkazib berilmoqda.
Bugun "Kitob karvoni" Chortoq tumaniga yetib keldi. Kitoblar tumandagi 57- ta mahallaga 40- donadan taqsimlanadi.
Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi Anvarjon Otaxodjaev, viloyat mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbariyati, viloyat bosh imom-xatibi va boshqalar so'zga chiqdilar.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligida kitobning ahamiyati, har bir mahallada kutubxona tashkil qilish, aholini kitob mutolaasiga bo'lgan mehrini oshirish haqida so'z yuritildi.