Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Kitob tuman inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi

Oʻtkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida fuqaro tomonidan fermer xoʻjaligi yer maydoni atrofidan 21 tup qayragʻoch daraxtlarini xech qanday ruxsatnomalarsiz kesib tashlaganlik holati aniqlandi.

Aniqlangan ushbu holat yuzasidan 180 mln 840 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Holat boʻyicha toʻplangan xujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan va ishlar hozirda davom etmoqda.