“Fobos” ob-havo markazining yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkoves oʻsha kuni Moskvada havo harorati 31-33 daraja issiq boʻlishini maʼlum qildi.
“22-iyun kuni havo harorati 31-33 daraja issiq boʻlishi mumkinligini inkor etmayman. 1917-yilda Moskvada 31,8 daraja issiq harorat kuzatilgan. Bu hozirgacha rekord koʻrsatkich boʻlib turibdi. Balki rekord takrorlanar yoki umuman yangi rekord qayd etilar”, dedi u.
Avvalroq Tishkoves shu hafta oxirida mamlakat poytaxtida anomal issiq kuzatilishini, harorat meʼyordagidan 10 darajagacha yuqori boʻlishi haqida xabar bergan edi.