22 kun ichida 427 830 ta xonadonning 1 kunlik isteʼmoliga teng tabiiy gaz “oʻgʻirlangan”

    Xavfsizlik 27 Oktabr 2021 1377

    Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2021-yil oktyabr oyining oʻtgan 22 kuni davomida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar davomida ulgurji isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari oʻrganildi.

    Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida respublika boʻyicha tabiiy gazdan 228 ta holatda noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

    Ushbu 22 kun ichida 4 million 278 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻldi. Buning natijasida, gaz taʼminoti tashkilotlari yetkazilgshan zarar miqdori 3 millird 832 million 900 ming soʻmni tashkil qilgan, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

    Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 427 ming 830 ta xonadonning 1 kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.Boshqacha aytganda, ushbu hajmdagi tabiiy gaz Namangan va Andijon viloyatlaridagi jami aholi xonadonlarining bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

    Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga toʻgʻri keladi.

    Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.