23 nafar yosh “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga ega boʻldi

    Keyingi avlod 17 Noyabr 2020 2351

    Andijon viloyatida noyabr oyi “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilgan! Ushbu oylik doirasida viloyatimizda Yoshlar uchun qator loyiha va tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

    Viloyatimizdagi 4 ta oliy taʼlim muassasalarida 36 mingga yaqin talabalar taʼlim olmoqda. Ularning 1 ming nafarga yaqini magistratura yoʻnalishi talabalarini tashkil qiladi. Talabalarga 2 ming 90 nafar professor va oʻqituvchilar taʼlim berib kelmoqda.

    Koronavirus pandemiyasi sababli yurtimizda karantin qoidalari joriy qilingan edi. Bu oʻz navbatida barcha sohalarga, xususan talabalarning taʼlim olishlari bilan bogʻliq jarayonlarga taʼsir koʻrsatib, darslar onlayn rejimga oʻtkazilgan edi. Hozirda darslar karantin qoidalariga toʻla rioya qilingan holda anʼanaviy taʼlim shaklida qayta tiklandi.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi” – deya bejiz taʼkidlamagan edi.

    Buning zamirida hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, oʻzlashtirgan bilim hamda tajribalari bilan xalqaro maydonda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

    Bundan tashqari, xabaringiz bor eng faol yoshlarni “Yoshlar oʻn kunligi” doirasida rahbarlik lavozimida ishlatib, har tomonlama sinovlardan oʻtkazildilar. Kelgusida lavozim sinovlaridan oʻtgan yoshlarimiz tayyor kadr boʻlib shakllanadi va rahbarlik faoliyatini boshlaydilar.

    Oʻtgan yilning 17-noyabr kunida Viloyatimiz yoshlaridan “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni tashkil etish taklifi kelib tushgan edi.

    Bugun oradan bir yil oʻtib tashabbuskor talaba yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 23 nafar yoshlar “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandilar.

    Andijon viloyati hokimligi

    MATBUOT XIZMATI