Qayd etilishicha, mazkur tadbir Markaziy Osiyoda oʻziga xos xalqaro platformani tashkil etib, bu orqali yangi oʻsish nuqtalarini izlayotgan yetakchi xalqaro biznes vakillariga rivojlanayotgan Oʻzbekiston bozoriga kirish imkonini berish koʻzda tutilgan. Bu borada Strategik rivojlanish agentligining faoliyati ham muhim oʻrin tutadi. Agentlikning eng muhim vazifalaridan biri Oʻzbekistonning uzoq muddatli milliy iqtisodiyoti barqaror rivojlanishiga zamin yaratish uchun mamlakatimiz investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bugungi kunga kelib Agentlik tomonidan xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda bir nechta sohalarning rivojlanish tahlili oʻtkazildi. Unga koʻra transport, qishloq xoʻjaligi, tashqi savdo, qurilish va kichik biznes boʻyicha bir nechta sohalar boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Hududlarnining investitsion iqlimini baholash boʻyicha milliy reyting metodologiyasi ishlab chiqildi. Yirik strategik investitsiya loyihalariga tashabbus koʻrsatildi. Xususan, Agentlik tomonidan neft-kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, togʻ-kon, farmatsevtika va boshqa sohalarda umumiy qiymati 10 mlrd dollarga teng 39 ta yirik strategik loyihalarni hisob-kitobini yuritish va amalga oshirib, ishga tushirish hamda monitoringini doimiy ravishda olib borish mexanizmi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston va BAA hukumati bilan strategik tashabbuslar doirasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, unga koʻra ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish sohasi boʻyicha oʻzaro hamkorlik ofisini yaratish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 24-26-mart kunlari poytaxtimizda “Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbir orqali Markaziy Osiyoda oʻziga xos xalqaro platformani tashkil etib, bu orqali yangi oʻsish nuqtalarini izlayotgan yetakchi xalqaro biznes vakillariga rivojlanayotgan Oʻzbekiston bozoriga kirish imkonini berish koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan 2022-yilda joylarda investitsiya loyihalariga tashabbus koʻrsatish va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish, Jahon banki bilan hamkorlikda 2030-yilgacha toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish, hududlar investitsion muhitining milliy reytingini joriy etish, xorijiy investorlar uchun front-ofis tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi, sanoat siyosati, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari paketini ishlab chiqish, strategik tashabbuslarni rivojlantirish boʻyicha BAA, Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya davlatlari bilan hamkorlik qilish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal qilish uchun onlayn platformani ishlab chiqish singari yana bir nechta muhim vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.