Oʻzbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 74-moddasiga koʻra, aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasi kotirovka varagʻiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil aʼzo boʻlishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibi oʻrganilganda, 24 ta aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashida mustaqil aʼzoning yoʻqligi aniqlandi va ushbu kamchilikni 2 oy davomida barataraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Kamchilikni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berilgan AJlar roʻyxati:

“Oʻzbekkoʻmir”
“Universal Sugʻurta”
“Aloqabank”
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”
“Andijon biokimyo zavodi”
“Buxoro taʼmirlash-mexanika zavodi”
“Granit”
“Qashqadaryo parmalash ishlari”
“Neft va gaz quduqlarini sinash”
“Qashqadaryo neft-gaz qurilish va taʼmirlash”
“Urganch yogʻ-moy”
“Beshariq paxta tozalash zavodi”
“Qoʻqon paxta tozalash zavodi”
“Muborak paxta tozalash”
“Xorazm suv qurilish”
“Guliston ekstrakt yogʻ”
“Shorud”
“Xoʻjaobod texnologik transport boshqarmasi”
“Oʻzpartamponaj”
“Minora qurish ekspeditsiyasi”
“Elektrqishloqqurilish”
“Savdoenergo”
“Oʻzparavtotrans”
“Qashqadaryo texnologik transport”