Qoʻmitalar:
▫️Davlat statistika qoʻmitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – Oʻrmon xoʻjaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Davlat soliq qoʻmitasi – Soliq qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Davlat bojxona qoʻmitasi – Bojxona qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Agentliklar;
▫️Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Prezident taʼlim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️“Oʻzarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Inspeksiyalar:
▫️Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda;
Boshqa organlar:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda.