Safar davomida Li Kuan Yu nomidagi davlat siyosati maktabi, Singapur turizmni boshqarish instituti, PSB akademiyasi kabi yetakchi taʼlim muassasalarida muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda xalqqa yoʻnaltirilgan samarador va natijador davlat xizmati, yetakchilik, iqtisodiyotning muhim sektorlari uchun zarur koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ham muhokama qilinadi.
Safarning birinchi kunida Singapur turizm menejmenti institutida (Tourism Management Institute of Singapore) uchrashuv tashkil etildi. Bu institut butun dunyodan turizm sohasidagi xodimlarni malakasini oshirish, gidlarni tayyorlash, umuman, turizm menejmentini shakllantirish boʻyicha ishlarni olib boradi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha Oʻzbekistonda Madaniyat va turizm vazirligida hamda turizm sohasida xizmat qilayotgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarini Singapurda tashkil etish, shuningdek, masofadan turib onlayn oʻquvlar tashkil qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.