Hodisa 24-yanvar, juma kuni bo'lishi kutilmoqda. Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo'limining Quyosh-Yer fizikasi instituti sayti ma'lumotlariga ko'ra, bo'ron mo'tadil bo'ladi.

Bulut tezligi, hisob-kitoblarga ko'ra, nisbatan past bo'ldi – taxminan soniyasiga 500 kilometr.

Magnit bo'roni juma kuni Moskva vaqti bilan tushdan keyin yetib kelishi kutilmoqda. Bo'ron kuchini aniq bashorat qilishning hozircha imkoni yo'q. Ammo mutaxassislar uning taxminan G2 darajada bo'lishini taxmin qilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.