Abbosbek Sattorov 1996-yili Norin tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2019-yili Namangan davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2019-yilda Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashida matbuot xizmati mutaxassisi sifatida boshlagan. Hozirga qadar Namangan shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Abbosbek Namangan shahar hokimi Olimjon Isayevning 2020-yil 4-dekabrdagi farmoyishi bilan shahar hokimligi axborot xizmati rahbari, hokim maslahatchisi lavozimini egalladi.

Eslatib oʻtamiz, hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida lavozim va maqomi jihatidan hokim oʻrinbosari darajasiga tenglashtiriladi.