Maktabning 20 ta sinfiga parta, stol-stul hamda doskalar topshirildi. Bundan tashqari, fizika, kimyo va biologiya fanlari laboratoriya xonalari, chet tillari, chizmachilik sinfxonalari ham toʻliq jihozlandi. 2 ta interaktiv doskalar topshirilgani maktabda sifatli taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2 ta sinf kompyuter jamlanmalari topshirilishi, sport va faollar zallari ham zamon talablari asosida jihozlanishi rejalashtirilgan.
Shunday qilib, avval laboratoriya xonalariyu, oʻqituvchilar xonasigacha sinfxonaga aylantirilib, oʻquvchilar sigʻmas darajaga kelib qolgan, 2-3 smenagacha darslar tashkil etiladigan 240 oʻrinli maktab endi 750 oʻquvchi oʻrinli boʻldi. Taʼlim muassasasi nafaqat zamonaviy qiyofaga, balki mustahkam moddiy-texnika bazasiga ega boʻldi.
Bugun Samarqand shahridagi 71-umumtaʼlim maktabida 658 nafar oʻquvchi qulay sharoitlarga ega muassasada taʼlim-tarbiya olib kelyapti, deb xabar beradi Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.