Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbariyati oldiga “Janubiy Tandircha” sexiga qarashli “Nomozboy” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasini qisqa muddatlarda qurib bitkazish boʻyicha topshiriqlar berilgan edi.
Oʻtgan davr mobaynida Boshqarma jamoasi saʼyi harakatlari bilan qurilma qurib bitkazilib, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tuman aholisiga tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati yaratildi.
Topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, gaz qazib chiqarishni koʻpaytirishda past bosimli gaz quduqlaridan samarali foydalanish va Gʻuzor tuman aholisining maʼlum bir qatlamini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi “Janubiy Tandircha” sexiga qarashli “Nomozboy” koni gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi boshqarma mutaxassislari ishtirokida ishga qoʻshildi.
Ayni damda 40 ming kub metrdan 80 ming kub metrgacha boʻlgan hajmda isteʼmolga qoʻyilgan texnik talablarga mos tabiiy gaz “Hududgaztaʼminot” AJ orqali Gʻuzor tumani aholisiga yetkazib berila boshlandi. Bu orqali tumandagi 2500 xonadonga gaz yetkazib berish imkonyati yaratidi.
Taʼkidlash kerakki, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan “Nomozboy” konidagi gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi ishga tushirilishi Gʻuzor tuman aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 29 yilligi bayramiga oʻziga xos sovgʻa boʻldi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati